Turkiya saudiyalik jurnalistning o‘limida 15 kishidan iborat guruhni gumon qilmoqda

Turkiya saudiyalik jurnalistning o‘limida 15 kishidan iborat guruhni gumon qilmoqda

Turkiya polisiyasining taxminicha, Istanbulga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Xoshxojiyni o‘ldirish maqsadida Saudiya Arabistonidan 15 kishidan iborat guruh kelgan. Polisiya ular Saudiya Arabistoni konsulligiga u yerda jurnalist bo‘lganda kelishganini o‘rnatgan, deb xabar berdi The Daily Sabah nashri.

Ta’kidlanishicha, bu kishilardan bir qismi Turkiyaga muntazam reys bilan, qolgan qismi esa Sky Prime Aviation Services’ning xususiy samolyotlarida kelgan. Guruh a’zolari Saudiya Arabistoni konsulligi yaqinidagi Wyndham va Movenpick mehmonxonalarida to‘xtashgan. Ular kelgan kunlariyoq Saudiya Arabistoniga qaytib ketishgan. 

Nashrdagi maqolada gumonlanuvchilarning suratlari ham keltirilgan.

The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Saudiya Arabistoni konsulligiga kirib ketgach, izsiz yo‘qolgan. Konsullikda ta’kidlanishicha, jurnalist u yerni tark etgan.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!