Turkiya Kobuldagi teraktni qoraladi

Turkiya Kobuldagi teraktni qoraladi

17 avgust kuni Kobul masjidida shom namozi chog‘ida kuchli portlash sodir bo‘ldi, natijada ko‘plab odamlar halok bo‘ldi va jarohatlandi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi masjidga uyushtirilgan hujumni qoraladi.

Vazirlik 17 avgust kuni shom namozi vaqtida Kobuldagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida ko‘p sonda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqidagi xabarlardan afsusda ekanini bildirdi.

Anqara Afg‘onistondagi g‘ayriinsoniy terrorchilik harakatlarini keskin qoralaydi, deyiladi xabarda.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga, do‘st va qardosh Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirib, yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

17 avgust, chorshanba kuni Kobul shimoli-sharqidagi Xayrxon hududidagi Sadikiya masjidida kechki namoz vaqtida kuchli portlash sodir bo‘lib, ko‘p sonli odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!