Turk klubi Sulsher bilan muzokaraga kirishdi

Turk klubi Sulsher bilan muzokaraga kirishdi

Ole-Gunnar Sulsher murabbiylikka qaytishi mumkin.

NTV Spor xabariga ko‘ra, «Beshiktosh» 50 yoshli mutaxassis bilan muzokara boshlagan.

«Manchester Yunayted»da futbolchi va murabbiy sifatida tanilgan norvegiyalik mutaxassis 2021 yildan buyon ishsiz.

Avvalroq «Beshiktosh» rahbariyati Stanislav Cherchesov, Fabio Kannavaro va boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Istanbul klubi Turkiya Superligasida 16-turdan so‘ng 26 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Fenerbahche»dan 17 ochkoga ortda qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!