To‘qnashuv oqibatida "Neksiya" haydovchisi vafot etdi

To‘qnashuv oqibatida "Neksiya" haydovchisi vafot etdi

2021 yil 23 iyul kuni soat 05:30 larda, Namangan shahar Yangi Namangan tumani hududida, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashagan, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya-3 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Yangiko‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi ZIL MMZ-4502 rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.Natijada, Neksiya-3 rusumli avtomashina haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!