To‘qimachilik tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar takliflari inobatga olinadi

To‘qimachilik tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar takliflari inobatga olinadi

Davlatimiz rahbari to‘qimachilik tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Jumladan, mutasaddilarga:

– “A” reytingi bor tadbirkorlarga ham ikki yil davomida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish bo‘yicha bir kunda xulosa berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

– xorijdagi “erkin zonalar”ning omborlarini ijaraga olish, bo‘yalgan mato eksport qilgan korxonalarga xorijiy valyutada kredit ajratish tizimini joriy qilish;

– tadbirkorlar reytingida “A” toifadagi eksportchi korxonalarga akkreditivni garovga olish va uni 70 foizi miqdorida aylanma mablag‘ uchun kredit ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish;

– to‘qimachilik korxonalariga ob’ektlarni o‘z kuchi bilan qurishga ruxsat berish;

– gazlama, bo‘yash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotajdagi 10 million dollargacha bo‘lgan loyihalar uchun chet el valyutasida olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foizdan yuqori qismini kompensasiya qilish;

– to‘qimachilik korxonalari aylanmasi uchun berilgan kreditlarning qaytarish muddatini uzaytirib, tadbirkorlarga grafik bo‘yicha o‘z vaqtida qaytarilgan summaga teng miqdorda “revolver” kredit berish;

– poytaxt va viloyat markazlaridagi yirik savdo komplekslarida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida milliy mahsulotlar do‘konlarini tashkil qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!