Tula O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor

Tula O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor

Tula bu Rossiyaning sanoati rivojlangan viloyati. Biz O‘zbekistonga turli uskunalar yetkazib berishdan manfaatdormiz. Shu sababli ham biz uchun Innoprom ko‘rgazmasi juda muhim. Biz bu yerda o‘zimizning kichik, o‘rta va yirik sanoat korxonalarimiz bilan faol ishtirok etmoqdamiz, - deydi viloyat Sanoat va savdo vaziri Vyacheslav Romanov.

Bu safar biz bu yerga 15dan ortiq korxonalarni olib kelganmiz. Ular orasida temir yo‘l, energetika va gaz-neft sohalari uchun turli uskunalar ishlab chiqaruvchilari bor.

Biz qisqa vaqt ichida juda ko‘p muzokaralar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik va ularning natijalarini ijobiy baholaymiz. Bir qator dastlabki kelishuvlarga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!