Trampning farmonini bir tiyinga olishmadi

Trampning farmonini bir tiyinga olishmadi

AQSh Harbiy-dengiz qo‘shinlarining Kaliforniya, Alabama va Arizona shtatlarida joylashgan qarovsiz harbiy bazalarda o‘n minglab migrantlar uchun tiklanishi kerak bo‘lgan vaqtinchalik turar joylar tayyorlanmoqda.

Bu haqda “Time” jurnali ma’lumot bergan. Nashrda ta’kidlanishicha, Alabama shtatida 25 ming, San-Fransisko va Janubiy Kaliforniyada esa 47 ming migrant uchun vaqtinchalik turar joy, Arizonaning Yuma shaxri yaqinida esa dengiz piyoda qo‘shinlarining aerodomida turar joylar tiklanishi lozim edi.

Amerika maxfiy xizmati hujjatlarida ko‘rsatilishicha, 2 300 ta migrant bolalar aprel oyidan beri ota-onalaridan ajratilib, qafaslarda yashab kelishgan, ko‘pchilik amerikaliklar va jurnalistlarning to‘s-to‘polonlari natijasi o‘laroq AQSh prezidenti Donald Tramp ularga vaqtinchalik chodirlardan boshpanalar tiklash haqidagi qarorga iyunning 20-sanasida imzo chekkandi. Uning bergan va’dasiga ko‘ra, bolalar ota-onalaridan ajratilmasligi lozim edi. Ammo farmon bo‘lishiga qaramay, vazirlik va Pentagon harbiy bazalarda migrant oilalar uchun emas, 20 mingta bola uchun “qafas”lar tiktirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha qaror qay alfozda amalga oshirilayotganining guvohi bo‘lish uchun bazalarga yo‘l olgan AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp u yerga orqasida “Menga farqi yo‘q, sizga-chi” deb yozilgan libos kiyib borgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!