Tramp otasining tug‘ilgan joyini chalkashtirib yubordi

Tramp otasining tug‘ilgan joyini chalkashtirib yubordi

AQSh prezidenti Donald tramp o‘z oilasining Germaniya bilan aloqalarini kuchaytirishda davom etmoqda, u otasining ushbu mamlakatda tug‘ilganini ma’lum qildi.

NATO bosh kotibi Yenson Stoltenberg bilan uchrashuv chog‘ida AQSh davlat rahbari yana bir bor adashdi, o‘z otasining vatani Germaniya ekanini qayd etdi. OAV hisob-kitobiga ko‘ra, Oq uy rahbari uchinchi marta shunday katta xatoga yo‘l qo‘ydi.

- Germaniya kansleri Angela Merkelni judayam hurmat qilaman va mamlakatingizni judayam hurmat qilaman. Mening otam nemis bo‘lgan va Germaniyaning go‘zal vohasida dunyoga kelgan, Germaniya bilan munosabatlarim iliq, - degan Tramp.

Qayd etilishicha, amaldagi amerikalik yetakchining otasi Fred Tramp nemis immegrantlarining davomchisi bo‘lsada, Bronksda (Nyu-York) tavallud topgan.

AQSh prezidenti lingvistik qoidalarni qo‘llashda ham xatolikka yo‘l qo‘ygan, Rossiya ishi bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myullerga murojaat qilar ekan, bir necha marta origins ( kelib chiqishi ) so‘zi o‘rniga oranges ( apelsinlar ) so‘zini qo‘llagan.

Mehnat va bandlik vazirligi bilan majlis chog‘ida Tramp Apple bosh direktori Tim Kukning ismini unutib qo‘ygan va uni Tim Epla deb atagan.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!