Tramp haq! Bayrutdagi portlashga hujum sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Tramp haq! Bayrutdagi portlashga hujum sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

“Qo‘shma Shtatlar Bayrutdagi portlashning aniq sababini hozircha bilmaydi”, dedi mudofaa vaziri Mark Esper Fox News telekanaliga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp bu hujum bo‘lishi mumkinligi haqida to‘g‘ri taxmin qilgan.

"Biz hali ham nima bo‘lganini bilmaymiz. Birinchi kuni Prezident Tramp bu hujum bo‘lishi mumkin deb to‘g‘ri taxmin qildi... Har kuni ko‘proq va ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lyapmiz. Kechagi kungacha hattoki o‘zim ham sodir bo‘lgan hodisani tasodif deb o‘ylagandim", - deydi Esper uning bo‘limi insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidlarkan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!