Toshkentdagi ayrim yo‘llar bir oy muddatga yopiladi

Toshkentdagi ayrim yo‘llar bir oy muddatga yopiladi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yo‘l ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli 16 mart kuni soat 08:00 dan bir oy davomida Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘l qismlari harakatlanish uchun yopiladi:

1) Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Anorzor ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
2) Amir Temur shoh ko‘chasi yaqinidagi qaytish yo‘li;
3) Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chasidan Moyqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilarga vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etiladi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!