Toshkentda yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqlarning barchasi olib tashlanadi

Toshkentda yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqlarning barchasi olib tashlanadi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqlar haydovchilar va piyodalar uchun xavfsiz emasligi aniqlangan. 

"Uz24.uz"ning yozishicha, shuning uchun to‘siqlarni dastlab markaziy ko‘chalardan olib tashlash va IIBB YHXB tomonidan monitoring o‘tkazishga qaror qilingan. Monitoring natijalariga asosan tegishli taklif tayyorlanib Toshkent shahar hokimligiga yo‘naltirilgan. Toshkent shahar hokimining qarori bilan poytaxtda yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqlarning barchasi olib tashlanmoqda.

Noyabr oyida poytaxtning Navoiy va Beruniy ko‘chalaridagi ajratuvchi to‘siqlar bosqichma-bosqich olib tashlangan. Hozir 30 ta ko‘chaning 26 tasida ajratuvchi to‘siqlar demontaj qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!