Toshkentda YPX inspektorini kaltaklagan haydovchiga qanday jazo berilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda YPX inspektorini kaltaklagan haydovchiga qanday jazo berilgani ma’lum bo‘ldi

Internet tarmog‘ida yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun to‘xtatilgan haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlari aks etgan video tarqaldi. Aslida ushbu videoda tasvirlangan hodisa 2017 yil yanvarida ro‘y bergan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

2017 yil 18 yanvar kuni taxminan soat 21:30 da Nexia avtomobili haydovchisi Ma’rufjon A. Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida YPX inspektori tomonidan kamar taqmaganligi uchun to‘xtatiladi. Tekshiruv davomida haydovchida transport vositasini boshqarish uchun zarur hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

Jazodan qutulib qolish maqsadida Ma’rufjon A. inspektorga qarshilik ko‘rsatadi va unga tan jarohatlari yetkazadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Ma’rufjon A.ni Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topdi va unga 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!