Toshkentda shifokorlar nega operasiya vaqtida musiqa qo‘yib, raqs tushgani ma’lum bo‘ldi (video)

Toshkentda shifokorlar nega operasiya vaqtida musiqa qo‘yib, raqs tushgani ma’lum bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Walnut Tree xususiy klinikasi jarrohlarining musiqaga raqs tushib bemorni operasiya qilayotgani, hushi o‘zida emasligidan foydalanib bemorning og‘zini ochib kameraga olgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida turli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Repost nashri ushbu vaziyatga munosabat olish uchun klinika direktori, yuz-jag‘ jarrohligi mutaxassisi O‘tkirbek Vohidov bilan bog‘langan.

– Internetda tarqalgan video noto‘g‘ri talqin qilinyapti. Ushbu operasiyani biz to‘rt soat davomida amalga oshirdik. Operasiya muvaffaqiyatli yakunlandi. U tugagach, biz musiqa qo‘ydik. Jahon tajribasidan kelib chiqib aytishim mumkinki, ko‘plab jarrohlar operasiya vaqtida musiqa tinglashadi. Bu sizga diqqatni jamlashga imkon beradi, – degan jarroh.

U, shuningdek, shifokorlar bemor masxara qilishga urinmaganini aytgan.

– Biz hech qanaqasiga bemorning ustidan kulganimiz yo‘q. Chunki bemorlar bizning nomimizni tanitishga, obro‘ orttirishimizga yordam beradi. Biz bunga qanday yo‘q qo‘yishimiz mumkin? Video faqat o‘zim uchun, xorijlik hamkasblarimga ko‘rsatish uchun olingan edi, – deydi O‘tkirbek Vohidov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!