Toshkentda psixotrop dori vositalari joylangan xalqaro pochta jo‘natmalari to‘xtatib qolindi

Toshkentda psixotrop dori vositalari joylangan xalqaro pochta jo‘natmalari to‘xtatib qolindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Bosh pochtampt tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqarolar YU.I., A.A., B.A. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda CN22 shaklidagi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan salkam 300 dona Fenazepam , Lorazepam hamda Oksazepam psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabarida aytiladi.

Shuningdek, mazkur post xodimlari tomonidan fuqarolar O.K., B.N.,O.F. nomiga kelgan pochta jo‘natmalari orasidan esa 204 dona Tramadol , Andipal , Rokaset plyus kabi psixotrop tabletkalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xalqaro pochta konvensiyasiga asosan, pochta jo‘natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat’iyan taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida gi qonunining 17-moddasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo‘natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarida jo‘natish taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!