Toshkentda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkentda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Dunyo bo‘ylab har yili yangi yil tantanalari arafasida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga doir holatlar va uning salbiy asoratlari ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Respublikamizda esa bu kabi holatlarning oldini olish borasida aniq huquqiy mexanizmlar joriy qilingan.

Xususan, kuni kecha Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida fuqaro E.I. salkam 145 ming dona 3 xil nomdagi nomli pirotexnika vositalarini 18,6 million so‘mga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan horijdan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining qo‘l yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida, yo‘lovchilardan biri fuqaro J.T. 16 dona pirotexnika vositalarini o‘rindiqning yuqori qismida yostiqlar orasiga berkitib olib kelayotganligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!