Toshkentda Lasettini “erkatoylarcha” boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Toshkentda Lasettini “erkatoylarcha” boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Lasettini orqa tarafi bilan haydagan haydovchi videosi tarqaldi. Video telegram kanallarda e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu haydovchi ushlangan. Hodisa shu yil 4 sentyabr kuni Yunusobod tumani, A.Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Rulda 30 yoshli yigit bo‘lgan. Shuningdek, avtomobil ruxsat etilmasada tonirovka qilingani aniqlangan va haydovchi YPX xodimining talablarini ham bajarmagan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126, 128⁵, 135, hamda 194-moddalari tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!