Toshkentda ko‘z mikroxirurgiyasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan anjuman boshlandi

Toshkentda ko‘z mikroxirurgiyasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan anjuman boshlandi

O‘zbekiston poytaxtidagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida tashkil etilgan xalqaro anjuman ko‘z mikroxirurgiyasining dolzarb muammolariga bag‘ishlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, AQSH, Italiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan malakali mutaxassislar, oftalmologlar ishtirok etdi.

Anjumanda ko‘z mikroxirurgiyasining dolzarb masalalari, kadrlar malakasini oshirish, bu boradagi yutuq va muammolarga doir masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

— Ko‘z mikroxirurgiyasi rivojida tajriba almashish juda muhimdir, — dedi rossiyalik oftalmolog Yevgeniy Sidorenko. — Chunki bugungi kunda ko‘z kasalliklarining oldini olish, sifatli profilaktikasi va jarrohlik amaliyoti uchun tibbiyotning zamonaviy usullaridan foydalanish ijobiy samara beradi. Shu bois tadbir doirasida shox pardaning og‘ir kasalliklari bo‘yicha jarrohlik amaliyoti, mahorat darslari amalga oshiriladi. Bunday nazariy va amaliy mashg‘ulotlar barcha ishtirokchilar uchun foydalidir.

Manba; daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!