Toshkentda doimiy propiskani bekor qilish to‘g‘risida petisiya e’lon qilindi. U ovozga qo‘yiladimi?

Toshkentda doimiy propiskani bekor qilish to‘g‘risida petisiya e’lon qilindi. U ovozga qo‘yiladimi?

Huquqshunos, bloger Xushnud Xudoyberdiyev Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portaliga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risidagi murojaatni joyladi. Bloger o‘zining telegram kanalida ushbu petisiyani e’lon qilishi sababini quyidagicha izohladi:

Ko‘p ishlar aslida kutilmaganda, tasodifan ro‘y beradi. Masalan, bugun Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portaliga mas’ullardan biri portalni ko‘proq targ‘ib qilsak jamiyat uchun foydali bo‘lishi, huquqiy instrumentlar orqali ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkinligini aytib qoldi.

Shundan so‘ng, portalni qanday ishlashini tekshirish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risida jamoaviy murojaat joyladim.

5 kishi qo‘llab-quvvatladi, hozir ekspertiza jarayonida, hali ovozga qo‘yilmadi. O‘sha murojaatga qoldirilgan izohda aytilishicha, bu kabi petisiyalar moderator tomonidan ilgari rad qilingan ekan.

Qiziq, qaysi asos bilan? Agar shunaqa petisiyalarni o‘tkazishmasa, unda bu portalning nima keragi bor? Amalda tekinga tonirovka qilishga ruxsat so‘rab, natijada 16 mln so‘m haq evaziga ruxsat olishga erishish uchunmi?

Ko‘ramiz, nima bo‘larkin. Menimcha, rad qilishmasa kerak.

Hozircha mazkur petisiya moderator tasdig‘idan o‘tgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!