Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi “stiker”larni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi “stiker”larni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar, Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tib, ulgurji savdo turiga ega bo‘lgan “D.F.” MCHJ mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, karantin qoidalariga zid ravishda 7 nafar shaxslarni ishga qabul qilish haqida buyruqlarni rasmiylashtirib, Davlat xizmatlari markazidan karantin davrida avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy olishga erishganligi aniqlangan.

Shu kabi, 9 ta ma’suliyati cheklangan jamiyatlari mansabdor shaxslari jami 18 ta holatlarda stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan 17.04.2020 yilda Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 192-11, 257-1 va 228-moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!