Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.P. boshqa bir fuqaro G.M.dan tanishi S.M.ni Qirg‘iziston Respublikasidan Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishini ko‘chirib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.S. boshqa bir fuqaro A.ga tanishlari orqali Qirg‘iziston Xalqaro universitetining 3-kursini tugatganligi haqida soxta hujjatlar tayyorlab, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirtirib berishni 7 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Parkent tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ye.I. fuqaro B.ning o‘qishini Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasidagi universitetga ko‘chirib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!