Toshkent aeroportida zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent aeroportida zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent xalqaro aeroportida tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi

Xususan, Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro M.K.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlarisiz olib o‘tish me’yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati taxminan 74 mln. so‘mga teng bo‘lgan 188,7 gr. tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.

Xalqaro aeroport hududida aniqlangan yana bir holatda bojxona posti xodimlari tomonidan xorijga yo‘l olgan ikki nafar fuqaro M.M. va M.T.lar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, fuqarolarning biriga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasiga hamda ikkinchisining kiyimlari orasiga yashirilgan umumiy 53 mln. so‘mlik 151 gr. tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!