Tojikistondan O‘zbekistonga avtobus qatnovlari qayta tiklanyapti

Tojikistondan O‘zbekistonga avtobus qatnovlari qayta tiklanyapti

Tojikistonning Asian Express firmasi 18 oktyabrdan e’tiboran Xo‘jand – Toshkent – Xo‘jand yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar qatnovini qaytadan boshlaydi, deya xabar bermoqda AsiaPlus nashri.

Qatnov har kuni amalga oshiriladi. Chegaradan o‘tishda yo‘lovchilar koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatishlari kerak. Sertifikat bo‘lmasa, ekspress-test topshirishga to‘g‘ri keladi.

Asian Express vakillari keyinchalik talabdan kelib chiqqan holda qatnovlar soni kuniga ikki-uchtaga yetkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 20 oktyabrdan e’tiboran Tojikistonning Panjikentidan Samarqand va Buxoroga ham avtobus qatnovlari boshlanadi. Reyslarni «Sayohati Haftko‘l» sayyohlik kompaniyasi amalga oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!