Tojikistonda Ramazonning tugash sanasi e’lon qilindi

Tojikistonda Ramazonning tugash sanasi e’lon qilindi

Tojikistonda Ramazon oyining tugash sanasi rasman e’lon qilindi. Tojikiston Islom markazi Ulamolar Kengashi matbuot kotibi Afshin Muqimning so‘zlariga ko‘ra, Ramazon hayitini nishonlash kelasi payshanba - 13 may kuni bo‘lib o‘tadi.

30 kunlik ro‘zaning tugashiga bag‘ishlangan bayram namozi soat 6:00da Tojikistonning shahar va viloyatlaridagi barcha masjidlarda o‘qiladi. Bundan tashqari, Kengash barcha musulmonlarga zakotlarini tojik-qirg‘iz chegarasidagi mojarodan keyin vayron qilingan uylarni tiklash uchun yuborishni tavsiya qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!