Tojikiston ham "Mir" kartalarini qabul qilishni to‘xtatdi

Tojikiston ham "Mir" kartalarini qabul qilishni to‘xtatdi

Karta egalari soni bo‘yicha Tojikistonning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan Dushanbe City Bank'i mamlakatdagi bankomatlar va POS-terminallarda "Mir" kartalarini qabul qilishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bank bunga Rossiya to‘lov tizimidagi texnik muammolar sabab bo‘lganini ta’kidladi. "Mir" bilan muammolar 24 sentyabr kuni paydo bo‘ldi. Dushanbe City Bank'idan tashqari, mamlakatdagi Rossiya to‘lov tizimining kartalariga davlatga tegishli "Amonatbank" ham xizmat ko‘rsatadi.

Oldinroq, boshqa davlatlar ham "Mir" kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdilar. Ular orasida 23 sentyabrdan boshlab kartalarni qabul qilish to‘xtatilgan O‘zbekiston ham bor. Bundan tashqari, Vetnam, Armaniston va Turkiyadagi ayrim banklar allaqachon Rossiya to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan. Qozog‘iston banklari ham "Mir" kartalarini qabul qilishdan bosh tortishi mumkin, deyiladi tegishli bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!