TIV Ukrainaga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

TIV Ukrainaga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

O‘zbekistonning Kiyev shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina hukumatining qarori bilan 29 sentyabrdan chet el fuqarolarining ushbu mamlakatga kirish tartibi o‘zgartirilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, xorijiy davlatlar fuqarolari Ukraina chegarasini kesib o‘tishda Ukrainada ro‘yxatdan o‘tgan yoki mazkur mamlakatda vakolatxonasiga ega bo‘lgan yoxud ukrainalik shirkat bilan shartnoma tuzgan sug‘urta kompaniyasi tomonidan berilgan sug‘urta polisiga ega bo‘lshilari talab etiladi.

Sug‘urta chet el fuqarosining COVID-19’ga chalinganida davolanish xarajatlarini qoplashi va Ukrainada bo‘lish davriga to‘g‘ri keladigan muddatda amal qilishi kerak. «Qizil hudud» mamlakatlaridan kelgan chet elliklar o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga amal qiladi. 2020 yil 30 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston «yashil hudud»ga kiritilgan.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, batafsil ma’lumot bilan visitukraine.today.ru saytida tanishish mumkin. Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan fuqarolarga Ukraina tomonining ushbu qarorini inobatga olishini tavsiya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!