TIV: Turkiyadagi zilzilada O‘zbekiston fuqarolari vafot etmagan

TIV: Turkiyadagi zilzilada O‘zbekiston fuqarolari vafot etmagan

Mamlakatimizning Anqara shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020 yilning 24 yanvar kuni Turkiyaning sharqida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida vafot etgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Vaziyat Elchixona va Istanbul shahridagi Bosh konsulxona nazoratida.

Konsullik huquqiy departamenti Turkiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Anqara shahridagi Elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkin, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!