"Temir daftar"ga kiradigan 7 toifa

"Temir daftar"ga kiradigan 7 toifa

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «Temir daftar» tushunchasi haqida ma’lumot berildi.

«Temir daftar»ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

➖ kam ta’minlangan;

➖ nogironligi bo‘lgan;

➖ ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;

➖ yakka-yolg‘iz keksalar;

➖ doimiy ishsiz fuqarolar;

➖ karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;

➖ og‘ir epidemiologik hududlardan qayrib kelingan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

 Mas’ul xodimlar o‘zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar»idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;

«Temir daftar»ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini joriy yilda ish bilan ta’minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!