Tashqi ishlar vazirining samolyoti yana buzilib qoldi

Tashqi ishlar vazirining samolyoti yana buzilib qoldi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Moskvaga uchishi kerak bo‘lgan hukumat samolyoti “Airbus A340” buzilib qoldi. Shundan keyin, Maas rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvga “A310” rusumidagi zaxira samolyotida uchgan.

Ma’lum qilinishicha, laynerning gidravlikasida muammolar aniqlangan. Vazir ushlanib qolmaslik uchun delegasiyasi bilan harbiylarni tashish uchun qo‘llanuvchi samolyotda uchib ketgan. 

Germaniya hukumati samolyotlari bilan texnik nosozliklar oxirgi vaqtda tez-tez uchramoqda. Maasning o‘zi oxirgi yarim yil ichida 5 marta samolyotini almashtirishiga to‘g‘ri kelgan. Qizig‘i, bunday voqea bundan bir hafta avval yuz bergandi. Ya’ni Maasning Nyu-Yorkka parvozi vaqtida birdaniga ikkita laynerda nosozlik aniqlangan. Natijada Germaniya tashqi ishlar vazirining safari bekor qilingandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!