Tailand koronavirus pandemiyasi sharoitida “ishonchli” turizmni yo‘lga qo‘ymoqchi

Tailand koronavirus pandemiyasi sharoitida “ishonchli” turizmni yo‘lga qo‘ymoqchi

Tailand hozirgi koronavirus pandemiyasi davrida xalqaro sayyohlar uchun ishonchli joy bo‘lishga tayyorlanmoqda. Hozirda bu mamlakatda karantin cheklovlari yumshatilgan bo‘lib, koronavirus tarqalishini nazoratga olishda muvaffaqiyatga erishilmoqda. Xitoydan tashqaridagi koronavirus yetib borgan ilk mamlakat hisoblanuvchi Tayland sayyohlar markazi sifatidagi imijini qayta tishlashni xohlamoqda.

“Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, biz mamlakatimizning sayyohlar uchun ishonchli joyligi borasidagi imijini qayta tiklamoqchimiz. Bu yerda sayyohlar hotirjam bo‘lishlari mumkin bo‘ladi”, deydi Tailand Turizm Ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Tanes Pestuvan.

Pestuvanning aytishicha,turizmni qayta tiklash ishlari shu yilning oxirlariga boshlanadi va unda Xitoy, Janubiy Koreya va Tayvan kabi virus xavfi kam bo‘lgan mamlakatlardan kelgan yosh sayyohlarni qabul qilish maqsad qilingan.

Tailand hukumati sayyohlarning sog‘ligi ta’minlanishi uchun restoran va mehmonxonalarga “Sog‘lik sertifikati” tizimini ishlab chiqdi.“Ushbu sertifikat Taylandning sayyohlar uchun xavfsiz joy ekanini ko‘rsatish uchun vositadir” deydi Pestuvan.

Janubiy-Sharqiy Osiyoda iqtisodi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Tailandda hozirgacha 3100 ortiq odam koronavirusni yuqtirib oldi va 58 kishi vafot etdi.Bu raqamlar mintaqadagi boshqa mamlakatlardagidan ancha kamdir va Tailand aholisi orasida koronavirusning tarqalishi kamaygan.

Tailand iqtisodiyotining 12 foizini tashkil qiluvchi turizm sanoati koronavirus tarqalishi avj olganidan keyin inqirozga yuz tutdi. O‘tgan yili bu mamlakatga 39.8 millionta sayyoh kelgan bo‘lsa,bu yil oxirigacha 14 million nafar turist kelishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!