O‘h-ho‘! O‘z-o‘zini izolyasiya qilish davrida odamlar 200 milliard soatlarini mobil ilovalarga sarflashdi

App Annie kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 2020 yilning ikkinchi choragida odamlar vaqtlarining 40 foizdan ko‘prog‘ini mobil ilovalarga sarflashgan. Mutaxassislar buni ko‘p mamlakatlarda koronavirusning tarqalishi sabab o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimining joriy etilishi bilan bog‘lashmoqda.