Surxondaryolik fuqaro Shavkat Mirziyoyev haqida noxolis, haqoratli tuhmat va obro‘sizlantirishga qaratilgan videomateriallar tarqatib kelgani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryolik fuqaro Shavkat Mirziyoyev haqida noxolis, haqoratli tuhmat va obro‘sizlantirishga qaratilgan videomateriallar tarqatib kelgani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi SH.Suyunovning ayrim mansabdor shaxslarning harakatlaridan norozi bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llagan video murojaati yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Aniqlanishicha, SH.Suyunov Internet jahon ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti to‘g‘risida asoslanmagan, noxolis, biryoqlama, haqoratli tuhmat, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga qaratilgan videomateriallar tarqatib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 2018 yil 18 iyun kuni Qumqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan sel-toshqini oqibatida talofat ko‘rgan xonadonlar va yordamchi ho‘jalik binolari egalariga kompensasiya to‘lovlarini to‘lab berilishida jiddiy qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani holati bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishining tergov doirasida bir nafar shaxsga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, Jinoyat prosessual kodeksining 388-moddasi talabi asosida jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sudlovga yuborilgan.

JIB Termiz shahar sudining 07.01.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal ho‘jalik masalalari bo‘yicha (sobiq) o‘rinbosari F.A. JKning 207-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan JKning 59,61-moddalari tartibida 1 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ushbu sud hukmi Surxondaryo viloyati apellyasiya instansiyasining 06.02.2019 yildagi ajrimi bilan o‘zgarishsiz, apellyasiya shikoyatlari qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!