Surxondaryoda Nexia-3 ag‘darilib yonib ketishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda Nexia-3 ag‘darilib yonib ketishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Holat 27-mart kuni Sariosiyo tumanining “Nilu” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-107 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Mashinani haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan ayol boshqargan. Ta’kidlanishicha, tezlik me’yordan oshiq bo‘lgan, natijada u tik nishablikda boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. Mashinada yong‘in chiqqan, natijada haydovchi ayol va uning ikki farzandi voqea joyida vafot etgan.

Haydovchining mashinada bo‘lgan yana bir farzandi va yaqin qarindoshi shifoxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!