Surxondaryoda Matiz haydovchisi undan hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan yo‘l inspektorini mashinada urib ketdi

Surxondaryoda Matiz haydovchisi undan hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan yo‘l inspektorini mashinada urib ketdi

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 12 oktyabr kuni viloyat YHXB xodimi safdor B.P. Yangi turmush mahallasida xizmat olib borayotib shu yerda harakatlanib kelayotgan, Muzrabot tumanida yashovchi S.M. boshqaruvidagi Matiz’ni to‘xtatgan.

YHXB xodimi haydovchidan avtomashina hujjatlarini taqdim etishini so‘raganida, haydovchi S.M. xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay avtomashinani harakatlantirib safdor B.P.ni turtib yuborgan.

«Natijada safdor B.P. jarohat olib, unga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. S.M. qo‘lga olingan», — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!