Surxondaryoda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida nizo kelib chiqdi

Surxondaryoda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida nizo kelib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumani IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida kelib chiqqan nizo yuzasidan video tasvirlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, Boysun tumani, “Gaza” mahallasi hududida yashovchi F.A. va S.B. lar 2021 yil 15 iyul kuni tumandagi “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan “Dehqon bozori” atrofida tashkil etilgan blok postda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori S.Poshshoyev va boshqalarning oldiga kelib, IIB xodimlariga “nima sababdan blok post o‘rnatib, avtomashinalarni o‘tkazmayapsizlar, nima karantin faqat Boysun tumanida amal qiladimi, hamma kasallar Termizda-ku”, degan mazmundagi so‘zlarni aytib, IIB xodimlari bilan og‘zaki ravishda tortishishgan.

Shuningdek, fuqaro F.A. “Gaza” mahallasida joylashgan “Gaza” nomli mehmonxona va oshxona rahbari ekanligi, tuman IIB xodimlari tomonidan ushbu oshxona 2021 yil 14 iyul kuni coat 21:20da karantinga qarshi kurash qoidalariga rioya qilmasdan faoliyat yuritganligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan F.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilganligi va 3.430.000 so‘m jarima ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishda, tuman IIB xodimlarining harakatlarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!