Surxondaryoda fojia: 37 yoshli erkak 17 yoshli qizga jarohat yetkazdi

Surxondaryoda fojia: 37 yoshli erkak 17 yoshli qizga jarohat yetkazdi

2019 yil 19 avgust kuni soat 18:00larda fuqaro 37 yoshli F.M. o‘zining “KIA” rusumli avtomashinasini Surxondaryo viloyatining Boysun tuman hududidan o‘tuvchi “Denov-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, yo‘l chetida turgan piyoda, Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida yashovchi 17 yoshli M.Z. ismli qizni urib yuborgan. Natijada M.Z. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!