Suriyada masjid bombardimon qilindi

Suriyada masjid bombardimon qilindi

Vashington boshchiligidagi koalisiya Suriya sharqidagi Diyruz Zur shahridagi masjidga juma kuni hujum qildi.

"Anadolu" xabar berishicha, koalisiyada Diyruz Zur shahridagi Usmon ibn Affon masjidini namozxonlar juma namozini ado etayotganlarida bombardimon qilgan.

Shuningdek, koalisiya kuchlari payshanba kuni ayni shahardagi Ammor ibn Yosir masjidini ham bombardimon qilishgan. Natijada, 30 nafar mahalliy aholi vakili hayotdan ko‘z yumgan.

Bundan tashqari koalisiya chorshanba kuni mazkur shaharga hujum qilib 13 kishini o‘ldirishgan edi.

Lekin bu mavzuda koalisiya tomonidan hech qanday bayonot berilmagan.

Shu bilan birga Diyruz Zur shahrining boshqa Hajin mintaqasida YPG/PKK va ISHID terrorchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.

O‘tgan 11 sentyabrda YPG/PKK terrorchi tashkiloti Amerika va Fransiya qo‘llab-quvvatlashi bilan Hajindan ISHIDni chiqarish operasiyasini boshlagan edi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!