Suriyada bemorlarni qiynagan “sadist-shifokor” Germaniyada qo‘lga olindi

Suriyada bemorlarni qiynagan “sadist-shifokor” Germaniyada qo‘lga olindi

Tergovda faqat Alaa M. nomi bilan qayd etilgan odam hozir Germaniyada, Gessen yerida yashaydi. U o‘tgan juma kuni hibsga olingan. Prokuratura uni insoniyatga qarshi jinoyatlarda va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda ayblamoqda.

Tergovchilarning fikriga ko‘ra, 2011 yilda Xomsda ishlayotgan suriyalik epilepsiya bilan kasallangan bir kishini kaltaklagan. Bemorni Suriya polisiyasi hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etganlikda ayblab, qo‘lga olgan edi.

“Associated Press” xabariga ko‘ra, hibsga olingan “sadist-shifokor” yolg‘iz harakat qilmagan va u bilan birga yana bir shifokor bemorga og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Ular hibsga olingan odamni hushdan ketguncha urishgan. Keyinchalik bemor vafot etdi. Tergovchilar, shuningdek, Alaa M. bu kabi jinoyatlarni Suriyada muntazam ravishda sodir etgan, deb hisoblamoqda.

2015 yilda Alaa M. Suriyadan Germaniyaga kelgan va shifokor bo‘lib ishga joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!