Suriya operasiyasi ideal harbiy yo‘ltanlamas yaratishga yordam berdi

Suriya operasiyasi ideal harbiy yo‘ltanlamas yaratishga yordam berdi

Rossiya Qurolli kuchlarining bir necha yildan buyon Suriya hududida olib borayotgan operasiyasi ideal harbiy yo‘ltanlamas avtomobilini yaratishga yordam berdi.

Bu haqda "Avtovzglyad"ga tayanib "sputniknews-uz.com" yozmoqda

Yaqninda Moskvada bo‘lib o‘tgan "Armiya-2020" harbiy texnika forumida Rossiya harbiy sanoatchilari "Tigr" zirhli avtomobilining yangi versiyasini namoyish qildi. Ushbu avtomobilni yaratishda Suriyada orttirilgan harbiy tajribadan keng foydalanilgan. 

Xususan, yangi "Tigr" po‘lat zinapoya, plastik qanot va yangi yoritish chiroqlari, qo‘shimcha zirhli himoya va zavodda  o‘natilgan videregistratorlarga ega bo‘ldi. 

Shuningdek, avtomobilga Xitoyda ishlab chiqilgan 3 pog‘onali avtomat korobka hamda Yaroslavlda ishlab chiqarilgan 240 ot kuchiga ega bo‘lgan YAMZ-534 turbodizel dvigateli o‘rnatildi.

Undan usti va yonlari ochiq, "baggi" ko‘rinishidagi varianti ham ishlab chiqilgan. Uning eshiklari o‘rniga brezent matodan parda o‘rnatilgan. Injenerlar aytishiga ko‘ra, ushbu avtomobil Suriyadagi jangovor tajribadan kelib chiqqan holda, harbiylar talabiga muvofiq yasalgan. Avtomobildan razvedka-shturm harakatlarni amalga oshirishida, dushman hudududi  ichkarisiga kirishda foydalanish mumkin.  

Avtomobil 5 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, yo‘lovchilarning har biri uchun alohida xavfsiz o‘rindiq o‘rnatilgan. 12,7 millimetrli KORD pulemyoti, 7,62 millimetrli "Pecheneg" nomli qo‘l pulemyotlari hamda RPB va PZRK tizimlari o‘rnatilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!