Apple Indoneziyada qurilmalar ishlab chiqarmoqchi

Apple Indoneziyada qurilmalar ishlab chiqarmoqchi

Apple Indoneziyada o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish masalasini o‘rganib ko‘radi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Tim Kuk Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

“Biz prezidentning mamlakatda ishlab chiqarishni ko‘rish istagini muhokama qildik va biz bu masalani o‘rganib chiqamiz”, — dedi Kuk.

Apple kompaniyasining smartfon va planshetlarining aksariyati hozirda Xitoyda ishlab chiqariladi. Kompaniya Xitoyga qaramligini kamaytirishga intilayotgani sababli ta’minot zanjirlarini diversifikasiya qilmoqchi.

Apple ishlab chiqarishning bir qismini boshqa mamlakatlarga, shu jumladan, Vyetnam va Hindistonga COVID-19 pandemiyasidan so‘ng ko‘chirishni boshladi, bu vaqtda karantin choralari tufayli Xitoydan ehtiyot qismlarni yetkazib berish to‘xtatilgandi.

“Men Indoneziyadagi sarmoya imkoniyatlarini cheksiz deb o‘ylayman. Sarmoya kiritish uchun juda ko‘p ajoyib joylar bor va biz sarmoya kiritmoqdamiz. Biz bu mamlakatga ishonamiz”, — dedi Kuk.

Apple hozirda Indoneziyada ishlab chiqarish quvvatlariga ega emas, biroq kompaniya mamlakatning mobil ilovalarni ishlab chiqish ekotizimiga 1,6 trillion Indoneziya rupiysi (99 million AQSh dollari) miqdorida sarmoya kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!