So‘nggi uch yilda Yevropada qochqinlar uchun qancha pul sarflangani ma’lum qilindi

So‘nggi uch yilda Yevropada qochqinlar uchun qancha pul sarflangani ma’lum qilindi

So‘nggi uch yilda Yevropa mamlakatlari qochqinlarni qabul qilish va ularni saqlab turish uchun umumiy hisobda 140 milliard dollar sarlashdi. Bu haqda Islam-today xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qochqinlarga sarflanayotgan mablag‘ o‘sib bormoqda. 2016 yilda 43,2 milliard, 2017 yilda 49,5, 2018 yilda esa (shu kunga qadar) 52,3 milliard dollar sarflandi.

Eslatish o‘rinli, Suriya hukumati tinimsiz ravishda o‘z aholisini ortga qaytishga chorlamoqda. Ular uchun oziq-ovqatlar, tibbiy jihozlar va eng zarur mahsulotlar beruvchi punktlar tashkil etilgan.

Ayni vaqtda 1, 48 million kishi o‘z uyiga qaytgan bo‘lsa, ularning 244 ming nafari xorijdan keldi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!