Sumkalarda pul, navbatlar va huquq-tartibot xodimlari - banklardagi vaziyat

Sumkalarda pul, navbatlar va huquq-tartibot xodimlari - banklardagi vaziyat

Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkentdagi tijorat banklaridagi vaziyatni kuzatdi.

Aksariyat valyuta ayirboshlash joylari oldida navbatlar yuzaga kelgan. Ular oldida bir nechta huquq-tartibot organ xodimlarini ko‘rish mumkin.

Ehtimol bunday choralar, odam gavjum bo‘ladigan joylarda huquqbuzarlikni oldini olish va aholini “valyutafurush”lardan to‘sish uchun amalga oshirilmoqda.

Ichki ishlar xodimlari paydo bo‘lishi bilan “valyutafurush”lar darhol g‘oyib bo‘ldi.
Odamlar sumkalarda pul olib kelishmoqda. Shu bilan birga, valyuta sotib olishga hech qanday cheklovlar yo‘q, ammo ba’zi banklarda tez tugamoqda.

Navbatda turgan odamlar hammaga dollar yetmaydi, deb xavotir olmoqda.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!