Sirli gumburlashlar seriyasi: Namangan osmonida nimadir portladi, FVV esa hayron...

Sirli gumburlashlar seriyasi: Namangan osmonida nimadir portladi, FVV esa hayron...

2019 yil 29 mart kuni soat 14.28 da Namangan shahri osmonida deraza oynalarini zirillatib yuborgan kuchli gumburlash sodir bo‘ldi.

Hodisaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zA Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan bog‘lanib, gumburlash sababini aniqlashga harakat qildi.

Gumburlash ovozi eshitilganiga ancha bo‘ldi. Biroq hali navbatchilik qismlarimizga tegishli xizmatlardan, fuqarolardan portlash, yong‘in, anomal tabiat hodisasi yoki shunga o‘xshash favqulodda holatlar yuz bergani to‘g‘risida murojaat tushgani yo‘q, degan boshqarma boshlig‘i B.Ashurov.

Gumburlashning sabablari o‘rganilmoqda va natijasi ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida ham ikki marta shunday Namanganda gumburlash ovozi eshitilib, sababi noma’lumligicha qolgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!