"Shovvozsoy” dam olish maskani to‘g‘risida

"Shovvozsoy” dam olish maskani to‘g‘risida

"O‘zbekiston temir yo‘llari"  AJ So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Ugam-Chotqol” milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi dam olish maskani haqidagi turli asossiz va noxolis xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yildagi qaroriga asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi “Shovvozsoy” o‘rmon xo‘jaligi yerlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga temiryo‘lchilar va ularning oila a’zolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakatimiz aholisi va chet ellik sayyohlar uchun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etish va mavjud ekotizimni saqlab qolish maqsadida ajratilgan.

Bu yerda 2011 yildan boshlab, ya’ni 10 yil davomida bosqichma-bosqich qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Barcha investisiyalar temir yo‘l kompaniyasining byudjetdan tashqari mablag‘lari, jumladan daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.

O‘tgan o‘n yil davomida dam olish maskani qurilishiga sarflangan investisiyalar hajmi 495 milliard so‘mni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda, milliy bog‘ hududida tabiat va hayvonot olamini saqlash va rivojlantirish uchun zarur infratuzilmalar yaratildi, ob’ektgacha elektr tarmoqlari tortildi, avtomobil yo‘li va kichik suv ombori barpo etildi.

Ayni paytda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Nazarbek”, “Chimyon”, “Xojikent”, “Omonxona” kabi dam olish maskanlari, shuningdek “Shovvozsoy” majmuasi ham kompaniyada faoliyat yuritayotgan qariyb 90 ming temiryo‘lchilar va aholimizga sifatli xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan shartnoma va yo‘llanmalar asosida, temiryo‘lchilar bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, shuningdek, respublikamiz aholisi va chet ellik investorlar, hamkorlar va sayyohlarga ekoturizm va ekstremal turizm, salomatlikni mustahkamlash va qayta tiklash xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!