Shohjahon Ergashev ringga qaytayotganiga munosabat bildirdi

Shohjahon Ergashev ringga qaytayotganiga munosabat bildirdi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev ringga qaytayotganiga munosabat bildirdi.

"Ringga va o‘z ishimga qaytayotganimdan xursandman. Bu imkoniyat menga reytingda yuqoriroq ko‘tarilishga va ikkinchi uyim hisoblangan Detroyt sharafini himoya qilishga yordam beradi. Men O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida ulg‘ayganman, lekin faoliyatimni shu yerda boshlaganman. Detroytni yaxshi ko‘raman.

Nafaqat janglar, balki mashg‘ulotlardagi muhit ham meni ilhomlantiradi. Men o‘zimni baxtli his qilyapman va muxlislar uchun qiziqarli shou ko‘rsatishni rejalashtiryapman", - dedi Ergashev xorij nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq Shohjahon Ergashevning raqibi o‘zgargani haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!