Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpadasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpadasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqid qildi

Davlatimiz rahbari Tokio Olimpiadasida erishilgan yutuq va yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklarni sarhisob qildi:

"Shu o‘rinda Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sezilarli natijaga erisha olmaganimizni ochiq tan olishimiz kerak. Bu hol mutasaddi rahbarlarni jiddiy o‘ylantirishi zarur.

Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi, faqat yakkakurash sport turlari hisobidan yutuqlarga erishamiz, deb o‘ylasa, adashadi. Bilib qo‘yinglar, bu – mutlaqo noto‘g‘ri yondashuv.

Bo‘lg‘usi Olimpiada oldidan futbol, basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, regbi, voleybol singari jamoaviy sport turlari bo‘yicha ham yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish asosiy maqsadimiz bo‘lishi zarur.

Shu maqsadda sport menejmenti bo‘yicha nufuzli xalqaro kompaniyalardan birini jalb etgan holda, mamlakatimizda ushbu sohada boshqaruv tizimining har bir bo‘g‘inini auditdan o‘tkazish maqsadga muvofiq.

Abduhakimov Milliy olimpiya qo‘mitasi va Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar audit natijalariga asosan jismoniy tarbiya va sportni hamda sport federasiyalari boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqib kiritsin".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!