Shavkat Mirziyoyev saylov haqida: "Biz o‘zimizni aldayapmiz"

Shavkat Mirziyoyev saylov haqida: "Biz o‘zimizni aldayapmiz"

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent kabi katta shaharlarda aholining saylovlarda sust ishtirokini o‘zgartirish mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

 

Saylovlarda kamchiliklar ham bo‘ldi. Masalan, Toshkent shahrida saylovda qatnashganlar kam bo‘ldi. To‘g‘ri, buni «katta shaharlar tendensiya» deymiz, lekin bu bilan biz o‘zimizni aldayapmiz. Siz deputatlar har oy saylovchilar bilan uchrashing, kelinglar, biz shu tendensiyani yo‘q qilaylik.

Shunda kelgusi saylovlarda ahvol o‘zgaradi. Teodor Ruzvelt aytganiday, hech qanday ish qilmagan odamgina xato qilmaydi. Ammo bu xato takrorlanmasligi uchun qonunlarimizni, strategiyamizni, qarashlarimizni o‘zgartirishimiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!