Shavkat Mirziyoyev namanganliklarga o‘z minnatdorligini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev namanganliklarga o‘z minnatdorligini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev mehnati va ijodi bilan xalq mehrini qozongan namanganliklarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

"...Jamolqori G‘iyosov, Sora Eshonto‘rayeva, Tursunoy Ja’farova, Shahodat Rahimova, Habiba Oxunova, Nazira Ahmedova, Kamoliddin Rahimov, Hoshim Arslonov, Mirza Azizov kabi atoqli san’atkorlar, Chustiy, Zafar Diyor, Habib Sa’dulla, Husniddin Sharipov singari taniqli adiblar va ularning bugungi izdoshlari bo‘lgan Tohir Qahhor, Ziyovuddin Mansur, Dilbar Haydarova, Jamoliddin Muslim, Xosiyat Rustamova, Mehrinoz Abbosova, Behzod Fazliddin kabi iste’dodli ijodkorlarning nomlarini ham hurmat bilan tilga olamiz.

Hozirgi paytda O‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Matluba Dadaboyeva, Nasiba Qambarova, Zulayho Boyxonova, Mehri Bekjonova, shuningdek, Tojibar Azizova, Mehri Abdullayeva, Jaloliddin Usmonov, Alisher Fayz, Malika Egamberdiyeva, Sardor Mamadaliyev, Bahriddin Zuhriddinov, Gulasal Abdullayeva kabi iqtidorli ijodkorlar san’atimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Muhammad Nuriddinov, Baxtiyor Nazarov, Akmal Nur, Ortiqali Qozoqov singari mohir rassomlar o‘z ijodi bilan nafaqat yurtimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan.

Namangan ahli mamlakatimizning ilm-fan sohalarida katta yutuqlarga erishib kelayotgan Abdumavlon Abdullayev, Komiljon Tojiboyev, Ahmadali Asqarov, Ibrohim Abdurahmonov kabi akademiklar, Tursunboy Fayzullayev, Hamid Ahmadxo‘jayev, Shavkat Otajonov, Rustam Murodov, Hadicha Qodirova, Sobitxon Turg‘unov, Abdulla Rasulov singari taniqli professorlar bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Namangan viloyatini rivojlantirish va aholi turmushini farovon qilishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Ikromxon Najmiddinov, Muhammadjon Karimov, Latifjon Sultonov, Xadicha Mirzayeva, Oyshaxon Qo‘chqorova, Ibrohim Yusupov, Jamolxon Siddiqov, Muxtorxon Hoshimxonov, Haydarali Hojiakbarov, Ummatali Shamsiyev, Raufxon Murtozayev, Abdusattor G‘ofurov, Xorunxon Ayubxonov, Botirali Hakimov, Abdulxay Tursunov kabi hurmatli nuroniy va oqsoqollarga alohida tashakkur bildiraman", - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!