Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida muhim masalalarni ko‘rib chiqdi

Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida muhim masalalarni ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 oktyabr kuni maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida mamlakatimizda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

Chuqur va har tomonlama tahlil asosida, ilg‘or xalqaro amaliyot va tajribani hisobga olgan holda O‘zbekistonda yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash va yangilanishlarni samarali davom ettirishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizasiya qilish va raqobatdoshligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va boshqaruv kadrlari sifatini tubdan oshirish, respublikada investisiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!