Shahzoda Uilyam farzandlari bilan xonanda Teylor Svift konsertiga tashrif buyurdi

Shahzoda Uilyam farzandlari bilan xonanda Teylor Svift konsertiga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning o‘g‘li shahzoda Uilyam o‘zining 42 yoshga to‘lgani munosabati bilan amerikalik xonanda Teylor Sviftning konsertiga farzandlari bilan tashrif buyurdi.

“The Eras Tour” gastrol konsertining navbatdagi qismi London shahridagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi. Gersogga uning farzandlari shahzoda Jorj va malika Sharlotta hamrohlik qildi. Ular shouni VIP tribunadan tomosha qilishdi.

Konsertga tashrif buyurgan muxlislardan biri hatto shahzoda Uilyam “Shake It Off” nomli sho‘x va jo‘shqin taronaga raqs tushayotganini video tasvirga oldi.

Uels shahzoda va malikalari o‘zlarining Instagram’dagi sahifasida sahna ortida Teylor Svift bilan tushgan selfini joylashtirdi. Qirollik oilasi xonandaga ajoyib konsert uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Bunga javoban Teylor Svift ham ijtimoiy tarmoqlarda qirollik oilasi a’zolari va qallig‘i Trevis Kels bilan tushgan suratni joyladi va izohda shahzoda Uilyamni tug‘ilgan kuni bilan yana bir bor tabrikladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!