Senegaldagi preziden saylovida eng yosh nomzod g‘alaba qozondi

Senegaldagi preziden saylovida eng yosh nomzod g‘alaba qozondi

Senegaldagi prezident saylovida muxolifat koalisiyasining nomzodi Bassiru Diomaye Fay g‘alaba qozondi. Bundan chorshanba kuni mamlakatdagi Milliy ovoz berish komissiyasi e’lon qilgan natijalar dalolat bermoqda, deb yozadi Sinxua.

B.D.Fay 2 434 751 ovoz (54,28 foiz) to‘pladi. Bu haqda komissiya raisi Amadi Diuf Dakardagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

G‘olibning eng yaqin raqibi, boshqaruv koalisiyasi nomidan saylovda qatnashgan Amadu Ba 35,79 foiz ovoz oldi.

44 yoshli B.D.Fay Dakardan 115 kilometr sharqda joylashgan Ndiaganiao shahrida tug‘ilgan. Dakardagi Cheikh Anta Diop universitetini huquqshunoslik bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. 2004 yilda siyosatchi Milliy boshqaruv maktabiga o‘qishga kirdi, keyin esa soliq inspektori bo‘ldi.

B.D.Fay 2023 yil iyul oyida prezident farmoni bilan tarqatib yuborilgan Senegalning "Mehnat, axloq va birodarlik uchun Afrika vatanparvarlari" (PASTEF) Senegal partiyasining Bosh kotibi lavozimida ishlagan.

B.D.Fay 2023 yil aprel oyida qamoqqa olingan va 14 mart kuni amaldagi prezident Makki Sall amnistiya to‘g‘risidagi qonunni imzolaganida ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!